InFinBank vakillari Saudiya Arabistonida ITBning yillik anjuman yig‘ilishida ishtirok etdi

InFinBank vakillari Saudiya Arabistonida ITBning yillik anjuman yig‘ilishida ishtirok etdi

InFinBank vakillari Saudiya Arabistonida ITBning yillik anjuman yig‘ilishida ishtirok etdi

Shu kunlarda Ar-Riyodda Islom taraqqiyot bankining yillik an‘anaviyyig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda InFinBank vakillari ham ishtiroketib, hamkorlikni yanada kengaytirish va moliyashtirish liniyalarini jalbqilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishmoqda.

Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhining xususiy sektor vakillari, jumladan Islom investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalashkorporatsiyasi (ICIEC), Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islomkorporatsiyasi (ICD) va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi(ITFC) Islom taraqqiyot bankining yubileyini nishonlash maqsadidaforum o'tkazmoqda .

InFinBank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyorjon Jo‘rayevIslom investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi(ICIEC), Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi(ICD) va Xalqaro islom savdoni moliyalashtirish korporatsiyasi (ITFC) vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar vaqtida hamkorliknimustahkamlash, o‘zaro o‘sish va rivojlanishning yangi yo‘llarinio‘rganishga qaratilgan keng ko‘lamli mavzular muhokama qilindi. Shuningdek, ICIEC bilan savdoni moliyalashtirish sohasida hamkorlikqilish va bu yoʻnalishda hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyichakelishuvga erishildi.

“Forumda xalqaro kompaniyalar, moliya institutlari, Savdo-sanoatpalatalari, xo‘jalik birlashmalari, investisiya agentliklari raislari varahbarlari, yakka tartibdagi investorlar va tadbirkorlardan iborat2500 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda. Bunday tadbirlar B2B vaB2G uchrashuvlarini osonlashtiradi, bu esa bizga muhim aloqalarnio‘rnatishimizga yordam beradi”, — deydi InFinBank boshqaruviraisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyorjon Jo‘rayev.

×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.